Get Support
123-456-789-10
Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish
«Ummeli Trust» turli tashkiliy-huquqiy shakldagi kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda tezkor va professional xizmatlar ko‘rsatadi. Biz sizga O‘zbekistonda biznes ochishda yordam beramiz, quyidagi shakllardan eng mosini tanlashga ko‘maklashamiz: MChJ, XK MChJ, QK MChJ, AJ, YaTT, XK, OK.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni o‘rtacha 3–5 ish kuni davom etadi. Zarurat tug‘ilganda, hujjatlar to‘plamini tezroq tayyorlashimiz mumkin, shunda siz o‘z faoliyatingizni qisqa muddatda boshlashingiz mumkin.
Bizning mutaxassislarimiz har bir tashkiliy-huquqiy shaklning xususiyatlari, afzalliklari va cheklovlarini tushuntirib beradi, shuningdek, biznesingiz talablariga mos ravishda ongli tanlov qilishda yordam beradi. Biz ro‘yxatdan o‘tishning barcha bosqichlarini o‘z zimmamizga olamiz, sizni ortiqcha byurokratik jarayonlardan xalos qilamiz. Shuningdek, biznesingizning maqsadlari va xususiyatlarini hisobga olib, uning ishga tushirilishi va rivojlanishi uchun eng yaxshi yechimlarni tanlaymiz.
Biznesingiz uchun eng optimal tashkiliy-huquqiy shaklni aniqlang
Tavsif | Subyektlar soni/ishtirokchilar | Ustav fondi hajmi | |
---|---|---|---|
MChJ | Mas’uliyati cheklangan jamiyat | 1 dan 50 gacha jismoniy yoki yuridik shaxslar | Cheklanmagan |
XK MChJ | Xorijiy korxona | 1 dan 50 gacha xorijiy jismoniy yoki yuridik shaxslar | Kamida 400 mln so‘m (Respublika Karakalpakiston va Xorazm viloyati uchun kamida 200 mln so‘m |
QK MChJ | СQo‘shma korxona | 1 dan 50 gacha xorijiy jismoniy yoki yuridik shaxslar | Kamida 400 mln so‘m (Respublika Karakalpakiston va Xorazm viloyati uchun kamida 200 mln so‘m |
AJ | Aksiyadorlik jamiyati | Ochiq AJda aksiyalar erkin sotiladi va sotib olinadi. Yopiq AJda odatda 3 dan 50 gacha aksiyador bo‘ladi. | Ustav fondining minimal hajmi Markaziy bank kursiga ko‘ra 400 000 AQSh dollariga teng bo‘lishi kerak. |
XK | Xususiy korxona | 1 jismoniy shaxs | Cheklanmagan |
YaTT | Yakka tartibdagi tadbirkor | 1 jismoniy shaxs | Cheklanmagan |
OK | Oilaviy korxona | 1 dan 50 gacha qarindosh bo‘lgan jismoniy shaxslar | Cheklanmagan |
Biznesingizni Bugunoq Boshlang!
Korxona tashkil etish O‘zbekistonda muvaffaqiyatli tadbirkorlikka birinchi qadamdir. So’rov qoldiring va biz ro’yxatdan o’tish jarayonini sodda, tez va samarali qilamiz.
Ummeli Trust biznesni yaratish va rivojlantirishda ishonchli hamkoringizdir.